Dunyo bo‘ylab sayohatni amalga oshirayotgan, quyosh batareyalarida ishlovchi Solar Impulse 2 samolyoti Nyu-York shahridan uchib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq Pensilvaniya shtatidan uchgan Solar Impulse 2 samolyoti Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomli aeroportga qo‘ngani, qo‘nish oldidan esa Ozodlik haykali atrofida aylangani haqida xabar berilgandi. Nyu-York havo kemasi uchun AQShni kesib o‘tgan oxirgi manzil bo‘ldi. Endilikda Solar Impulse 2 Atlantika okeani osha parvoz qiladi.
“Bertran Pikar [uchuvchi] Atlantika okeani uzra parvoz qilish hamda kelajak toza va ozoda bo‘lishini isbotlash uchun Nyu-York shahridan uchib ketdi”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Solar Impulse 2 dunyo bo‘ylab sayohatini 2015-yilning 9-mart kuni Abu-Dabidan boshlagandi.
Izoh (0)