2016-yilning 23-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida ShHT ishbilarmonlar kengashi boshqaruvining majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Majlisda ShHT ishbilarmonlar kengashining milliy qismlari raislari boshchiligidagi Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston ishbilarmonlar delegatsiyalari vakillari tomonidan faoliyatni rivojlantirish istiqbollarini, jumladan, yaqin kelajakda hamkorlikni kengaytirishning ustuvor va asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Izoh (0)