Yevro–2016 musobaqasining “F” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya hamda Avstriya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin stadiondagi muxlislardan biri portugaliyaliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu bilan selfi tushish uchun maydonga yugurib chiqdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, “Real” futbolchisi stadion xodimlaridan ishqibozga tegmaslikni so‘ragan va u bilan suratga tushgan. Muxlis o‘z niyatiga yetganidan so‘ng qo‘riqchilar uni maydondan olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya va Avstriya o‘rtasidagi uchrashuv nursiz durang bilan yakunlangan edi. O‘yinning 79-daqiqasida Ronaldu penaltidan unumli foydalana olmagandi.
Izoh (0)