Rossiyaning Nalchik shahrida huquq-tartibot xodimlari uylardan biriga berkinib, ularga qarata o‘q uzgan jangarini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, federal kuchlar xodimlariga qarata o‘q uzgan jangari yo‘q qilindi”, – dedi kuch tuzilmalaridagi manba.
Qayd etilishicha, Shota Rustaveli ko‘chasi atrofida aksilterror operatsiyasi rejimi davom etmoqda. Maxsus rejim Nalchik shahrida 18-iyun kuni ertalab joriy etildi.
“Nalchik shahrida 07:00 dan boshlab aksilterror operatsiyasi o‘tkazilmoqda, shu sababli aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etildi”, – deyiladi agentlik xabarida.
Izoh (0)