AQSh mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Amerika Kubogi–2016 turnirining navbatdagi chorak finalida Peru va Kolumbiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qildi. Unda kolumbiyalik futbolchilarning zarbalari aniqroq bo‘lib chiqdi – 4:2.
Shunday qilib, Kolumbiya terma jamoasi yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Keyingi bosqichda kolumbiyaliklar Meksika va Chili o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi kurash olib boradi.
Avvalroq AQSh terma jamoasi chorak finalda Ekvadorni mag‘lubiyatga uchratib, yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.
Amerika Kubogi–201618-iyun, shanbaChorak final bellashuvi
Peru – Kolumbiya 0:0 (0:0)
Penaltilar seriyasi: 2:4Peru – Galyese, Korso, Ramos, Rodriges, Trauko, Tapiya, Vilches, Polo (Benavente, 81), Kueva, Flores (Ruidias, 77), Gerrero.
Kolumbiya – Ospina, Aryas, Sapata, Murilyo, Dias (Fabra, 90), Sanches, Torres (Peres, 80), Kuadrado, Kardona (Moreno, 76), Xames, Bakka.
Ogohlantirishlar: Tapiya (63), Sapata (66), Dias (70).
Izoh (0)