Amerika Kubogi–2016. AQSh terma jamoasi Ekvadorni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi (video)
AQSh mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Amerika Kubogi–2016 turniri chorak final uchrashuvlariga start berildi. Dastlabki chorak finalda AQSh termasi Ekvador futbolchilariga qarshi bahs yuritib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, AQSh terma jamoasi yarim finalga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda amerikaliklar Argentina va Venesuela o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
Amerika Kubogi–201617-iyun, jumaChorak final bellashuvi
AQSh – Ekvador 2:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 22 Dempsi, 2:0 – 65 Zardes, 2:1 – 74 Arroyo.AQSh – Gyuzan, Bruks, Kemeron, Bezler, Jonson, Jons, Bredli, Bedoyya (Zusi, 81), Dempsi (Bekkerman, 74), Vud, Zardes (Birnbaum, 90).
Ekvador – Dominges, Mina, Ayovi, Paredes (Ayovi, 82), Eraso, Grueso (Ramires, 72), Noboa (Gaybor, 62), Arroyo, A. Valensiya, Montero, E. Valensiya.
Ogohlantirishlar: A. Valensiya (37), Vud (53), Paredes (64), Bedoyya (73), Gyuzan (84).
Chetlatishlar: Jons (52), A. Valensiya (52).