Bugun, 16-iyun kuni COSCOM MChJ XK O‘zbekistonda Ucell savdo belgisi ostidagi faoliyatining 8 yilligini nishonlamoqda.
Kompaniya 1996-yilning aprel oyida tashkil topgan bo‘lib, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo bozorida GSM 900/1800 texnologiyasi orqali simsiz aloqa tizimini birinchi bo‘lib joriy qilishga muvaffaq bo‘ldi.
COSCOM 2007-yildan boshlab xalqaro biznesning bir qismiga aylanib, TM Ucell sadvo belgisi ostida ishlay boshladi. Kompaniya o‘z salohiyatini yanada oshirib, infratuzilmasiga, xodimlarini kasbiy rivojlantirishga jiddiy investitsiyalarni kiritishga o‘tdi.
2008-yildan boshlab kompaniya radio-kommutatsiya uskunalarini chuqur modernizatsiyalash, nafaqat markaziy, balki olis, yetib borish mushkul bo‘lgan hamda tog‘li hududlarni ham qamrab olishga va shu orqali tizimni yanada kengaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga kirishdi.
Shunda telekommunikatsiyalar infratuzilmasiga jiddiy xorijiy mablag‘lar kiritila boshlandi va ularning hajmi qariyb 1 milliard 200 million AQSh dollariga yetdi. 2007-yilgacha kompaniya tasarrufida 500 ga yaqin baza stansiyalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 4000 dan oshdi.
Natijada Ucell’ning muvaffaqiyatli brendi millionlab fuqarolarning qalbini zabt etdi. Kompaniya bu yo‘lda eng muhim qadam qo‘ydi – uyali aloqani ziynat buyumidan O‘zbekistonning har bir fuqarosi bahramand bo‘la oladigan aloqa vositasiga aylantirdi.
Bugungi kunda Ucell’ning uyali aloqasi va mobil internet xizmatlaridan qariyb 9 million nafar mijoz samarali foydalanmoqda. Shu orqali ularning hayoti yanada qulay, xavfsiz, zavqli va muvaffaqiyatli bo‘lmoqda.
- Ucell’ning 2G tarmog‘idan O‘zbekiston aholisining 95 foizdan ortig‘i bahramand bo‘la oladi;
- Ucell’ning 3G tarmog‘idan O‘zbekiston aholisining 46 foizdan ortig‘i foydalana oladi;
- 4G/LTE’ning eng keng tarqalgan tarmog‘i Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan;
- Ucell’ning mobil internetidan 3 milliondan ortiq mijoz foydalanadi;
- Kompaniya 100 dan ortiq turli xizmatlarni taqdim etib, korporativ rejalardan tashqari har qanday mijoz uchun ma’qul keladigan 18 turdagi tarif rejalariga ega.
Ucell’ning o‘ziga xos jihati kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sherigi va yordamchisi bo‘lishga intilishi bilan ifodalanadi. Kompaniyaning 60 000 dan ortiq korporativ mijozlari “Alohida balans”, “4G ofisi” va “Internet barcha uchun” eksklyuziv xizmatlaridan foydalanib, o‘z bizneslarini kengaytirishga erishmoqda.
Bundan tashqari, Ucell muntazam ravishda abonentlar imkoniyatlarini yanada kengaytirish, doimo aloqada bo‘lish va kundan-kunga turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladigan yangi innovatsion xizmatlarni amaliyotga tatbiq qilmoqda. “Sarhadsiz muloqotlar” (ikki mamlakat raqamlari ostidagi bitta SIM-karta), “Mobil anons”, “Raqamni band qilish”, “Raqamni saqlab qolish” kabi va bir qator boshqa foydali xizmatlar mijozlarning haqiqiy ko‘makchisiga aylanmoqda. Tez fursatlarda kompaniyaning tashkil topgan kuniga bag‘ishlab, ko‘p yillar davomida Ucell’ga sodiq bo‘lgan va uning abonentlari bo‘lib kelayotgan mijozlar uchun “Biz Sizlarni qadrlaymiz!” noyob xolislik dasturi ishga tushadi.
“Ucell 8 yil davomida ko‘p ishlarni amalga oshirishga erishdi. Bugungi kunda kompaniya keng rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lib, sheriklari va mijozlarining ishonchini qozondi”, – deb ta’kidladi Ucell kompaniyasining Bosh direktori Tonu Gryunberg. – “Barcha mijozlarimiz, sheriklarimiz va xodimlarimizga bunday ishonch va birgalikda erishgan muvaffaqiyatlarimiz uchun chin ko‘nglimdan minnatdorlik izhor etaman! O‘zlarining uyali aloqa operatori sifatida Ucell’ni tanlayotganlar bu soha mamlakatda yanada rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shayotganlari va biz bilan birga odamlar hayotini bundanda yaxshilashni istayotganlari uchun bag‘rikeng insonlar ekanliklarini albatta bilishlari lozim”.
Kompaniya ijtimoiy loyihalar, milliy an’analarni bajonidil qo‘llab-quvvatlaydi va O‘zbekiston aholisi uchun muhim bo‘lgan qadriyatlarni ilgari suradi. Ucell ko‘p holatlarda mamlakatning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarini amalga oshirishga sherik sifatida o‘z hissasini qo‘shmoqda. Jumladan, joriy yilning mart oyida respublikaning 10 mintaqasida milliy Navro‘z bayrami keng nishonlandi. May oyida “Ucell Quvonch Makoni” 12-bolalar maydonchasini barpo etish ishlarini yakunladi, iyun oyining boshida esa “Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlab “Ayollar ovozi. Zamonaviy jamiyatda yetakchilik” deb nomlangan yangi tashabbusni ro‘yobga chiqarishga kirishdi.
Kompaniya barchaga bildirilgan ishonch uchun tashakkur aytadi va o‘z mijozlarining hayotini yanada yorqin va zavqli qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini davom ettiradi!
Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan
Izoh (0)