Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi 14-iyun kuni 2016—2020-moliya yillari uchun O‘zbekiston bilan yangi Sheriklik konsepsiyasini tasdiqladi, deb yozadi “Gazeta.uz” tashkilot matbuot xizmatiga tayanib.
Yangi strategik dastur 2030-yilga kelib o‘rtacha daromadli mamlakatlar guruhining yuqori segmentidagi mamlakat maqomiga erishish bo‘yicha milliy maqsadni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ushbu maqsadga iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va ishchi o‘rinlarni tezkorlik bilan yaratish uchun zarur sharoitlar bilan ta’minlash uchun infratuzilmani rivojlantirish orqali yetib boriladi.
Strategiya asosan uchta birlamchi sohaga qaratilgan, bular — xususiy sektorning o‘sishi, qishloq xo‘jaligining raqobatbardoshliligi va paxta yetishtirish sektorini modernizatsiya qilish, shuningdek, davlat xizmatlari sifatini oshirish.
Izoh (0)