“Barselona”, “Inter” va “Chelsi” kabi jamoalarning sobiq hujumchisi Samuel Eto’O 35 yoshida uzoq yillik dugonasi Jorjett Tra Luga uylandi, deb xabar bermoqda The Sun.
To‘y marosimi Italiyaning Stetssano shaharchasidagi cherkovlardan birida bo‘lib o‘tdi. Marosimga kelin-kuyovning yaqin qarindoshlardan tashqari kamerunlik futbolchining “Barselona”dagi sobiq jamoadoshi Karles Puyol va “Inter” sobiq rahbari Massimo Morrati ham tashrif buyurdi.
Qayd etish joiz, Samuel Eto’O va Jorjett Tra Lu 10 yildan ko‘proq birga yashab keladi. Ular 2014-yilda unashtirilgan edi. Juftlikning 5 nafar farzandi bor.
Ma’lumot uchun, ayni damda Samuel Eto’O Turkiyaning “Antaliyaspor” klubida to‘p surmoqda. U Kamerun termasi safida 118 ta o‘yin o‘tkazib, 56 ta gol kiritgan. Eto’O terma jamoa bilan ikki marta — 2000 va 2002-yillarda Afrika Millatlar Kubogini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)