O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipovning Instagram’da soxta sahifasi paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.
“Ayni paytda Ruslan Sharipov o‘zbek shou-biznesidagi eng muhokama qilinayotgan san’atkor desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning ayanchli ahvoldagi suratlari tarqalganidan so‘ng xonanda muhokamalarning asosiy mavzusiga aylandi. Kuni kecha Instagram ijtimoiy tarmog‘ida Ruslan Sharipovning sahifasi paydo bo‘ldi. Mazkur sahifadagi fotosuratlar va izohlardan sahifani soxta Ruslan Sharipov boshqarayotganini anglash qiyin emas”, – deyiladi sayt xabarida.
Izoh (0)