40 nafarga yaqin qurollangan Fransiya politsiyasi xodimlari Butun Rossiya muxlislar uyushmasi a’zolari joylashgan mehmonxonada reyd o‘tkazdi. Bu haqda uyushma rahbari Aleksandr Shprigin 13-iyun, dushanba kuni Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Forbes.
“Butun Rossiya muxlislar uyushmasi a’zolari joylashgan mehmonxonaga 40 nafar qurollangan politsiya xodimi kunduzi kelib, xonalarga bostirib kirdi, hujjatlardan nusxalar ko‘chirib, hammani suratga oldi”, – dedi Shprigin.
Rossiyalik muxlislar joylashgan mehmonxonaga reyd uyushtirilishi Yevro–2016 turniridagi futbol ishqibozlarining tartibsizligi bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, 12-iyunga o‘tar kechasi Marsel shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya va Angliya (1:1) terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng ikki jamoa muxlislari o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga keldi. Natijada bir necha kishi jabrlandi.Shundan so‘ng, rossiyalik va angliyalik futbol ishqibozlari ishtirokidagi tartibsizliklar yana takrorlansa, UEFA bu ikki davlat terma jamoalari Yevropa chempionatidan chetlashtirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Izoh (0)