Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha og‘ir vazn toifasida jahon chempioni, amerikalik Deontey Uaylder va uning promouterlik kompaniyasi rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi jang bekor qilingani uchun bokschining o‘zi va uning “Mir boksa” promouterlik kompaniyasini sudga berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Povetkin va Uaylder o‘rtasidagi jang 21-may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi, biroq rossiyalik bokschining organizmida meldoniy qoldiqlari aniqlangani uchun jang noma’lum muddatga qoldirildi. WBC Povetkinga nisbatan tergov ishi davom etguniga qadar Deontey Ualderga o‘z titulini ixtiyoriy ravishda himoya qilish huquqini berdi. Avvalroq rossiyalik bokschining “B” doping namunasida 72 nanogramm, “A” namunasida 70 nanogramm meldoniy borligi aniqlangan edi.
WBC: maxsus komissiya iyun davomida Aleksandr Povetkin ishini tekshiradi
Povetkin WBC yo‘nalishida jahon chempionligi uchun kurashishini bildirdi
Aleksandr Povetkin WBC chempionlik kamariga majburiy da’vogar sanaladi. U tashkilotning super og‘ir vazn toifasi reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. 2004-yili Afinada o‘tkazilgan Olimpiada chempioni bo‘lgan 36 yoshli rossiyalik bokschi professional ringda 31 jang o‘tkazib, 30 ta g‘alabaga (shulardan 22 tasi nokaut bilan) erishgan va bir marta mag‘lubiyatga uchragan. 30 yoshli Uaylder 2015-yilda WBC chempioniga aylangan. 2008-yili Pekinda bo‘lib o‘tgan Olimpiadaning bronza medali sohibi professional ringda 36 ta jangning barchasida (35 tasida nokaut bilan) zafar quchgan.
Izoh (0)