Futbol bo‘yicha Uels terma jamoasi a’zosi Garet Beyl Yevro–2016 turnirining Slovakiyaga qarshi o‘yini oldidan o‘tkazilgan chigal yozdi mashqlari vaqtida uelslik muxlisning burnini beixtiyor sindirib qo‘ydi. Bu haqda, L'Équipe nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Beyl darvoza tomon zarbalar yo‘llayotganida to‘p uelslik muxlislar o‘tirgan tribuna tomon yo‘l olib, ulardan birining yuziga tegdi va burnini sindirdi. Futbolchi nima yuz berganini anglab yetganida, muxlisning oldiga borib, bo‘lib o‘tgan hodisa uchun uzr so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Uels va Slovakiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda uelslik futbolchilar 2:1 hisobida zafar quchdi. Garet Beyl ushbu o‘yinda jarima zarbasidan gol kiritib, jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Izoh (0)