AQShda davom etayotgan futbol bo‘yicha Amerika Kubogi–2016 musobaqasining navbatdagi chorak final ishtirokchisi aniqlandi. “A” guruhining so‘nggi turida Paragvayni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan AQSh terma jamoasi pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Uchrashuvdagi yagona gol muallifi 27-daqiqada Klint Dempsi bo‘ldi. Uning goli evaziga AQSh termasi ochkolari sonini 6 taga yetkazib, chorak finalga chiqdi.
“A” guruhining 3-turidagi ikkinchi o‘yinda chorak final yo‘llanmasini 2-turdayoq qo‘lga kiritgan Kolumbiya terma jamoasi Kosta-Rikaga qarshi bahs olib bordi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shunday qilib, “A” guruhidan AQSh birinchi, Kolumbiya esa ikkinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldi.
Amerika Kubogi–201612-iyun, yakshanba“A” guruhi, 3-tur
Izoh (0)