Tailand poytaxti Bangkokni Chonburi provinsiyasi bilan bog‘laydigan tezkor trassada sodir bo‘lgan YTH oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mikroavtobusning g‘ildiragi yorilishi oqibatida mashina yo‘l chetiga chiqib ketdi va ag‘darildi. Avtobus yo‘lovchilarining 11 nafari ichkarida qamalib qoldi va transport vositasida yong‘in boshlanganida, undan chiqa olmadi.
Jarohatlangan to‘rt yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.
Izoh (0)