Ozarbayjonning Gabala shahrida MDH jismoniy tarbiya va sport kengashi yig‘ilishi doirasida 2017-yili Ulyanovskda (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan Hamdo‘stlik davlatlari birinchi milliy sport turlari festivali taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur tadbir o‘tkazilishidan maqsad milliy sport turlari va o‘yinlarini asrash, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish ekanligi bildirilgan.
Festivalning musobaqalar qismiga belbog‘li kurash, tosh ko‘tarish, uzun nardlar, sambo, kamondan o‘q uzish, arqon tortish, shuningdek, MDHdagi boshqa milliy sport turlarini kiritish ko‘zda tutilgan.
Tadbirda Hamdo‘stlikning barcha davlatlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Izoh (0)