Misrda avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi, yana 21 nafariga turli darajadagi shikast yetdi. Bu haqda, “Veto” nashri ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, cherkovlardan biriga qarashli bo‘lgan avtobus Misr poytaxtining chekka qismidagi Qohira—Ismoiliya trassasida ag‘darilib ketgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, yengil shikast yetgan besh nafar bolaga shifoxonadan ruxsat berilgan, yana olti nafar o‘quvchi shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. Avtobusdagi maktab o‘quvchilari ekskursiyaga yo‘l olgan edi.
Avariya sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)