Peru prezidentligiga nomzod, sobiq prezident Alberto Fuximorining qizi Keyko Fuximori 5-iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovda mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, saylovda Peruning sobiq bosh vaziri Pedro Kuchinski g‘alaba qozondi.
“Ikkinchi turdagi ovoz berish natijalarini bilib va bahsli byulletenlarning borligini inobatga olib, demokratik prinsiplarga muvofiq, biz saylov jarayonlari milliy ofisi e’lon qilgan natijalarni tan oldik. Biz Peru xalqini hurmat qiluvchi siyosiy harakat vakillarimiz. Biz mas’uliyatli, mamlakat kelajagi haqida o‘ylaydigan muxolifat bo‘lamiz va dasturimizga ovoz bergan 8,5 million peruliklarning munosib namoyandalari bo‘lamiz”, — dedi Fuximori matbuot anjumanida bergan bayonotida.
Izoh (0)