Amerikaning Texas shtatidagi Dallas shahri aeroportida 10-iyun, juma kuni otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda, CBS telekanali ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, politsiya ofitseri unga tosh bilan tahdid qilgan kishiga qarata o‘t ochgan. Hodisa qo‘l yuklarini berish hududida yuz bergan. Guvohlar tomonidan olingan tasvirlar politsiyachi sakkiz yoki to‘qqiz marta o‘q uzganligidan dalolat beradi.
Hodisa oqibatida bir kishi shifoxonaga yotqizilgan. CBS so‘z politsiyachiga tahdid qilgan erkak haqida borayotganligiga aniqlik kiritmadi.
Hodisa tufayli yo‘lovchilar bir muddat uchish oldidan nazorat qilish hududiga kiritilmadi.
Izoh (0)