Liviyaning Bengazi shahrida sodir etilgan terakt oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
10-iyun, juma kechasi shahar markazidagi as-Salmoniy tumanida minalashtirilgan avtomobil havoga uchirildi.
Liviya hukumat qo‘shinlari ko‘pdan buyon Bengazida o‘rnashgan ekstremistik guruhlarga qarshi kurashib kelmoqda. Fevral oyining oxirida o‘tkazilgan operatsiya natijasida 2014-yildan beri radikallar qo‘lida bo‘lgan al-Lisiy kvartali qaytarib olindi. Harbiylar, shuningdek, “Rafallo as-Saxatiy brigadalari” radikal guruhining shtabini zabt etdi.
Izoh (0)