“O‘zbektelekom” AK 2016-yil 1-iyuldan boshlab telekommunikatsiyaning universal xizmatlari uchun yangi tariflar amalga kiritilishini ma’lum qildi. (125-1/1 Preyskuranti)
Telefon tarmog‘iga ulash uchun ro‘yxatga olish to‘lovi va telefondan foydalanishdagi to‘lovlarga o‘rnatilgan imtiyozlar o‘z kuchini saqlab qoladi.
Hozirgi kunda telekommunikatsiyaning universal xizmatlariga to‘lovlar 2015-yil 1-iyuldan kiritilgan tariflar asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur tariflar kiritilgan davrdan buyon eng kam ish haqi, elektroenergiya tariflari, kommunal xizmatlari, yonilg‘i va moylash materiallari va boshqa xarajatlar oshgan.
Sifatli xizmat ko‘rsatish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun xarajatlarni qoplash maqsadida 2016-yil 1-iyuldan boshlab universal aloqa xizmatlariga tariflar o‘zgartirildi.
Izoh (0)