Futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi Yevropa chempionatiga tayyorgarlik doirasida so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini Estoniya termasiga qarshi olib bordi. Ushbu o‘yinda 7:0 hisobida portugaliyalik futbolchilar g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu (36 va 45-daqiqa) va Kuarejma (39, 77) dubl qayd etgan bo‘lsa, Danilu Pereyra (55) va Eder (80) o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. O‘yindagi yana bir golga Estoniya termasi a’zosi Mets mualliflik qildi. Himoyachi 61-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.Shu tariqa, Portugaliya terma jamoasi 10-iyun kuni start oladigan Yevro–2016 oldidan yirik g‘alabaga erishdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi8-iyun, chorshanba“Eshtadiu da Lush” stadioni
Portugaliya – Estoniya 7:0 (3:0)
Gollar: 1:0 – 36 Ronaldu, 2:0 – 39 Kuarejma, 3:0 – 45 Ronaldu, 4:0 – 55 Danilu Pereyra, 5:0 – 61, avtogol Mets, 6:0 – 77 Kuarejma, 7:0 – 80 Eder.Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe (Karvalyu, 58), Gerreyru, Soaresh (Viyeyrinya, 46), Fonte, Moutinyu (Sanshesh, 58), Danilu Pereyra (Vilyam Karvalyu, 70), Kuarejma, Joau Mariu (Eder, 59), Andre Gomesh, Ronaldu (Nani, 46).
Estoniya – Londak, Baranov, Kallaste, Mets, Teniste, Antonov, Dmitriyev (Sappinen, 63), Kruglov (Marin, 66), Puri (Gusev, 87), Klavan (Raudsepp, 68), Anyer (Vasilyev, 70).
Ogohlantirish: Kallaste (87).
Izoh (0)