Papua — Yangi Gvineya politsiyasi mamlakat poytaxti Port-Morsbida talabalar namoyishi ishtirokchilariga qarata o‘t ochdi, qurbonlar va yaradorlar bor. Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan, o‘ndan ortiq odam yaralangan.
Minglab talabalar bosh vazir Piter O’Nil korrupsiyada ayblangan namoyish shiorlari ostida mamlakat parlamenti tomonga yurish uyushtirishga urindi.
Politsiya namoyish tashkilotchilarini qo‘lga olishga harakat qilganda, to‘qnashuvlar va otishma boshlandi.
2014-yilda mamlakat bosh vaziri O’Nilni hukumat xarajatlari bilan bog‘liq qonunbuzilishlarda gumon qilib, hibsga olish haqida order chiqarilgan edi. Biroq hukumat rahbari sud orqali ushbu qarorning ijrosini to‘xtatishga erishgan edi.
Izoh (0)