O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Rossiya poytaxti Moskva shahrida start olgan, Challenger turkumiga kiruvchi tennis turniridagi ishtirokini birinchi davradayoq tark etdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Mukofot jamg‘armasi 75 ming dollarni tashkil etuvchi turnirning ilk davrasida O‘zbekiston vakili rossiyalik Aleksandr Bublikka qarshi kortga chiqdi. Imtiyozli yo‘llanma asosida asosiy to‘rda ishtirok etayotgan Bublik birinchi setni 6:0 hisobida o‘z foydasiga hal etdi.
Jarohati tufayli Farrux Do‘stov birinchi setdan so‘ng bahsni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi va u musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Izoh (0)