Avstraliyaning sharqiy sohilida o‘tgan dam olish kunlari kuchli bo‘ron yuzaga keldi. Tasmaniya shtati qutqaruvchilari bo‘ron oqibatida halok bo‘lgan keksa ayolning jasadini topdi. Bu haqda, shtat politsiyasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
5-iyun, yakshanba kuni Sidneyda va undan taxminan 70 kilometr janubda joylashgan Boural shaharchasida suv oqimi mashinalarini oqizib ketishi oqibatida ikki kishi cho‘kib ketdi. Yana bir kishi mamlakat poytaxti Kanberra yaqinida cho‘kib ketdi. Shu tariqa qurbon bo‘lganlarning umumiy soni to‘rt kishiga yetdi.
Tasmaniya politsiyasi va qutqaruvchilari orolning ikki fuqarosi qidiruvini davom ettirmoqda, Yangi Janubiy Uels politsiyasi Sidney fuqarosini qidirmoqda. Ularning har uchalasi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Izoh (0)