Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi Amerika Kubogi–2016 turniri “D” guruhi 1-turida Chili termasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida zafar quchdi. O‘yinning 50-daqiqasida Chili termasi darvozasini ishg‘ol qilgan Anxel Di Mariya o‘z golini mazkur uchrashuv oldidan vafot etgan buvisiga bag‘ishladi, deb xabar bermoqda Eurosport.
“Sport-Ekspress” nashrining ma’lum qilishicha, 28 yoshli xavbek golni nishonlayotgan vaqtida “Buvijon, sizni sog‘inib qolaman” yozuvli futbolkani boshi uzra ko‘tarib, marhumani yodga oldi.
Atgentina — Chili uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Di Mariya o‘yin tugagach buvisining vafot etgani haqida bellashuvdan avval hech kimga aytmaganini ma’lum qildi.
“Buvimning o‘limi haqida hech kimga aytmagandim. Bu narsa diqqatimni yo‘qotishga, xayolimni boshqa joyda bo‘lishiga sabab bo‘lardi”, – deya ko‘z yoshini tiya olmadi yarim himoyachi.
Izoh (0)