Tailandning Samet orolida sayyohlarni olib ketayotgan tezyurar motorli qayiqning yuk kemasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 30 kishi jabrlandi va shifoxonaga joylashtirildi. Bu haqda, The Bangkok Post gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa yarim tunda yuz bergan. Ma’lum qilinishicha, sayyohlar ketayotgan qayiq Samet orolidan Tailandning sharqiy sohilidagi Rayong provinsiyasiga yo‘l olgan. Biroq u musiqiy festival uchun qurilmani olib ketayotgan boshqa kema bilan to‘qnashib ketgan. Sayyohlarning soni va millatiga aniqlik kiritilmagan.
Samet oroli mashhur kurort hisoblanadi.
Izoh (0)