Gretsiyaning Krit oroli sohillarida cho‘kib ketgan kema o‘z bortida 350 nafarga yaqin muhojirni olib ketayotgan edi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Gretsiya qirg‘oq mudofaasining ma’lum qilishicha, ulardan 318 nafari qutqarib qolingan, o‘n kishi halok bo‘lgan.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasini boshqarish Misr hukumatiga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, AFP agentligi 3-iyun, juma kuni cho‘kib ketgan kemada 700 kishi bo‘lganligini ma’lum qilgan edi. Misrdan yo‘lga chiqqan muhojirlar kemasi Gretsiyaning Krit orolidan 120 kilometr janubda halokatga uchragan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 3-iyun, juma kuniga o‘tar kechasi yuz bergan.
Izoh (0)