AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Demokratik partiyaning Virginiya orollaridagi kokuslarida senator Berni Sandersdan o‘zib ketdi. Bu haqda, ABC News ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Virginiya orollaridagi kurash yetti nafar delegatning ovozi uchun bo‘lib o‘tdi.
Real Clear Politics’ning hisob-kitobiga ko‘ra, Klintonni 2 316 nafar delegat, jumladan, 547 nafar superdelegat qo‘llab-quvvatlamoqda. G‘alaba uchun esa 2 382 nafar saylovchining ovozi talab etiladi. Sanders Klintondan sezilarli darajada ortda qolmoqda. Uni 1 547 nafar delegat qo‘llab-quvvatlamoqda. Ulardan 46 nafari superdelegatdir.
Avvalroq Klinton Sanders bilan debatlar o‘tkazishdan bosh tortgan edi. Uning shtabi nomzod respublikachi Donald Tramp bilan kurashga e’tiborini qaratishini ma’lum qilgandi. Klinton Demokratik partiyani jipslashtirish va respublikachi Donald Trampni noyabr oyidagi prezidentlik lavozimi uchun saylovlarda mag‘lubiyatga uchratish uchun Sanders bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)