Karib davlatlari uyushmasi 4-iyun, shanba kuni Kuba poytaxtida yakunlangan VII sammitida AQShning Kubaga nisbatan blokadasini to‘xtatish yoqlab chiqilgan deklaratsiyani qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Hujjat matni “bir tomonlama majburiy choralarning qo‘llanishini qat’iy qoralaydi va Vashington hukumatining Kubaga qarshi iqtisodiy, savdo va moliyaviy blokadaga chek qo‘yishi bo‘yicha murojaatni qo‘llab-quvvatlaydi”.
Bundan tashqari, hududiy tashkilot AQSh harbiy-dengiz bazasi tomonidan istilo qilingan Guantanamo hududlarini Kubaga qaytarish yuzasidan fikr bildirdi.
Shu bilan birga, tashkilotga a’zo mamlakatlar Kuba va AQSh o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning qayta tiklanishi va ikki davlat elchixonalari faoliyatining qayta ish boshlashini mamnuniyat bilan qabul qildi.
Izoh (0)