Futbol bo‘yicha Xorvatiya terma jamoasi hamda Italiyaning “Milan” klubi sobiq yarim himoyachisi Zvonimir Boban Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Reuters agentligiga asoslanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
13-may kuni FIFA bosh kotibligiga tashkilot tarixida birinchi marta ayol kishi – senegallik Fatma Samura tayinlangan edi.
Zvonimir Boban FIFA ma’muriyatining futbol qismi — futbolni rivojlantirish va musobaqalarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Bungacha 47 yoshli xorvatiyalik mutaxassis tashkilot prezidenti Janni Infantino maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgandi.
Shuningdek, FIFA bosh kotibining yana bir o‘rinbosari etib Marko Villiger tayinlandi. U tijorat va ma’muriy operatsiyalarni nazorat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Markus Kattner qoidabuzarlik uchun ishdan bo‘shatilgan edi.
Izoh (0)