AQSh Davlat departamenti Yevropaga yo‘l olgan fuqarolarni Polsha va Fransiyada teraktlar sodir bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xususan, Polshada iyul oyi oxirida o‘tadigan Butunjahon yoshlar kuni, shuningdek, 10-iyun kuni Fransiyada boshlanadigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida hujumlar uyushtirilishi mumkinligi ta’kidlandi.
Idora aynan turistlar jangarilarning asosiy nishoniga aylanishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)