“Barselona” jamoasi “Real”ning iroqlik muxlislari halok bo‘lishi munosabati bilan Twitter’dagi rasmiy sahifasida hamdardlik bildirdi.
“Terrorizm yana bir bor ‘Real’ning Iroqdagi muxlislari hayotiga zomin bo‘ldi. ‘Barselona’ ushbu munosabat bilan hamdardlik va dalda bildiradi”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 4 nafar qurollangan terrorchi Baakuba shahrida “Real” va “Atletiko” klublari o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar Ligasi finali namoyishi bo‘lib o‘tayotgan xonaga bostirib kirib, ishqibozlarni o‘qqa tutgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 12 kishi halok bo‘ldi, yana 8 nafari turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh (0)