Ijtimoiy tarmoqlarda mahbus Sara Siraytning magshoti — hibs chog‘ida politsiya idorasida olingan portreti ommalashib ketdi, deb xabar beradi Meduza.
Twitter foydalanuvchilari uni “qamoqxona go‘zali” deb atay boshladi.
24 yoshli Sirayt Arkanzasda istiqomat qiladi. 2012-yilda u talonchilikda ishtirok etdi: u tanishini mashinasiga taklif qildi, lekin mashina ichida ularni Saraning sherigi kutardi: jinoyatchi erkakka to‘pponcha o‘qtalib, yonidagi puli va qimmatliklarini olib qo‘ydi. Siraytga talonchilik, inson o‘g‘irlash, zo‘ravonlik, guvohliklarni soxtalashtirish va politsiyaga qarshilik ko‘rsatish ayblovlari qo‘yildi.
Ammo qiz faqat politsiyaga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq aybini tan oldi va unga nisbatan besh yillik sinov muddati belgilandi. Uning sherigi 10 yilga qamaldi.
Bu voqealar 2014-yilda bo‘lib o‘tgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan magshot esa yaqinda, boshqa sabab bilan — Sirayt mashinani xavfli haydash ishi bo‘yicha sudga kelmagani uchun olingan edi. Bu ish bo‘yicha u 365 dollar jarimaga tortildi.
Internet foydalanuvchilaridan biri amerikacha futbol o‘yinchisi Chad Jonsondan qiz uchun garov pulini to‘lashni so‘radi, ammo sportchi bundan bosh tortdi. Lekin Sirayt allaqachon ozodlikka chiqib bo‘ldi.
Bir necha oy muqaddam erkak mahbuslar orasida “eng kelishgan jinoyatchi” Jeremi Miks ozodlikka chiqqani xabar qilingan edi.
Izoh (0)