2000-yil muqaddam Yunoniston shimolida yasalgan oltin gulchambar Britaniyaning Somerset grafligidagi Tonton shahrida joylashgan uylarning birida, to‘shak ostida saqlab kelingan ekan, deb xabar beradi TJournal.
Narx qo‘yuvchi uyni baholayotgan paytda qadimgi san’at yodgorligi tasodifan topildi. Uyning keksa egasi bobosidan nafaqat boshpana, balki 100 ming funt sterling turuvchi nodir zargarlik buyumi ham meros bo‘lib qolganini eshitib, quvonchini yashira olmadi.
Izoh (0)