Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Atletiko”ga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi finali oldidan klub yetakchisi Krishtianu Ronalduning so‘nggi mashg‘ulotlardan birida olgan jarohatiga izoh berib, hal qiluvchi bahsga tayyor bo‘lishiga ishonch bildirdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Real” – “Atletiko” uchrashuvi bugun, 28-may kuni Milan shahridagi “San-Siro” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Izoh (0)