Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Tuva Respublikasida o‘tkazilayotgan kikboksing musobaqasida ishtirok etayotgan 16 yoshli sportchi 21 yoshli raqibidan o‘tkazib yuborgan zarbadan so‘ng olamdan o‘tdi. Bu haqda, respublika tergov boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “Federal Press”

Foto: “Federal Press”

Voqea respublikaning Dzun-Xemchik tumanida, kikboksing bo‘yicha Chadana shahri ochiq chempionati doirasidagi 54 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasi jangida sodir bo‘ldi. 21 yoshli sportchi raqibining qorniga zarba berdi, buning oqibatida u hushidan ketib qoldi. Tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlariga qaramay, yosh sportchi olamdan o‘tdi.

Voqea yuzasidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda, sud-tibbiyot ekspertizasi belgilandi, voqea guvohlari so‘roq qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik 
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi