Ayollar o‘rtasida O‘zbekistonning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova Yaponiyaning Karuizava shahrida davom etayotgan, mukofot jamg‘armasi 25 ming dollarga teng ITF turkumidagi Karuizawa Yonex Open—2016 tennis turnirining yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, chorak finalda turnir mezboni Mana Ayukavaga qarshi kortga chiqqan 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Eslatib o‘tamiz, Nigina Abduraimova yarim finalga qadar yaponiyalik Haine Ogatani 6:1, 6:3 va Yurina Koshinoni 6:3, 6:1 hisobida taslim qilgandi.
Mazkur turnirning uchinchi raketkasi sifatida tasniflangan O‘zbekiston vakilasi yarim finalda gollandiyalik Indi de Vrumga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)