“Manchester Yunayted” jamoasi rahbariyati bosh murabbiy Lui van Galni o‘z lavozimidan ozod etdi. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, mankunianlar ijrochi direktori Ed Vudvord bugun, 23-may kuni gollandiyalik mutaxassis bilan suhbat uyushtirib, unga klubda olib borgan ishi uchun minnatdorchilik bildirdi va rahbariyat “Chelsi” sobiq ustozi, portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo foydasiga o‘z qarorini o‘zgartirganini ma’lum qildi.
Joze Mourinyo “Manchester Yunayted”ning taklifiga rozilik bergani va tomonlar 24-may, seshanba kuni kelishuv shartlarini muhokama qilishi bildirilmoqda.
Izoh (0)