“Tolibon” terrorchi guruhining oliy martabali komandirlaridan biri mulla Abdulrauf harakat yetakchisi mulla Axtar Mansur AQSh harbiylarining hujumi chog‘ida halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Kommersant.ru” yozmoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, AQSh 21-may, shanba kechasi Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi terrorchilar marralariga aviazarba bergan.
Ilgariroq Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla Axtar Mansurning o‘limi bilan bog‘liq xabarlar tekshirilayotganini bildirgan edi.
Izoh (0)