Taybeyda Xitoy Respublikasi ma’muriyati rahbari Say Invenning inauguratsiya marosimi boshlandi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Muxolifatchi Demokratik taraqqiyot partiyasiga rahbarlik qiladigan Inven yanvar oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan edi.
Bungacha lavozimni Gomindan partiyasi yetakchisi Ma Inszyu sakkiz yil davomida egallab kelgan edi, u Tayvan va qit’a Xitoyining yaqinlashuvi siyosati tarafdori edi.
Demokratik taraqqiyot partiyasi yetakchisi Say Inven Xitoy tilida so‘zlashuvchi hududdagi davlat rahbarlari orasida ilk ayol bo‘ladi.
Izoh (0)