Germaniya hukumati elektromobil xarid qiluvchi fuqarolar uchun pul to‘lovlari joriy qilish ustida o‘ylamoqda. Bu haqda DPA axborot agentligi xabar bermoqda.
Elektromobil xaridorlariga 4 ming yevro, gibrid dvigatellarga ega mashina sotib oluvchilarga esa 3 ming yevro to‘lanadi.
Germaniya federal iqtisodiyot va eksport nazorati idorasi fuqarolarning bu boradagi talabnomalarini onlayn rejimda qabul qiladi.
2019-yilga qadar davom etadigan ushbu dasturni moliyalashtirish federal hukumat va avtomobilsozlar zimmasiga yuklanadi. To‘lovlarning umumiy summasi 1,2 milliard yevrodan oshmasligi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 15 ming elektr kolonka qurishga 300 million yevro ajratilishi aytilmoqda.
Izoh (0)