Londonning “Arsenal” jamoasi posboni Petr Chex Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Bu haqda Sky telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Oltin qo‘lqop” mukofoti 2004/05-yilgi mavsumdan buyon mavsum davomida eng ko‘p “quruq” o‘yin o‘tkazgan posbonlarga beriladi. Petr Chex APLning joriy mavsumida “Arsenal” safida 34 o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol o‘tkazib yuborgan va 16 ta uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlagan.
15 tadan “quruq” o‘yin o‘tkazgan Jo Xart (“Manchester Siti”), David de Xea (“Manchester Yunayted”) va Kasper Shmeyxel (“Lester”) ikkinchi o‘rinni bo‘lishib oldi.
Qayd etish joiz, Petr Chex faoliyatida to‘rtinchi marta “Oltin qo‘lqop” mukofotini qo‘lga kiritib, bu borada “Manchester Siti” posboni Jo Xartga tenglashib oldi. Avvalroq chexiyalik darvozabon “Chelsi” safida 2004/05, 2009/10 hamda 2013/14-yilgi mavsumlarda ushbu sovringa munosib deb topilgan.
Izoh (0)