Yuzlab isroilliklar joriy yilning boshidan buyon rekord darajadagi jazirama tufayli shifokorlarga murojaat qildi. Bu haqda, tez yordam xizmati ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
14—15-may kunlari Isroilning ba’zi tumanlarida havo harorati 50 darajaga yaqinlashdi. Meteorologlar havo haroratining pasayishini seshanba—chorshanba kunlariga va’da qilmoqda.
“Shanba, 14-may tongidan yakshanba, 15-may kechquruniga qadar shifokorlar 442 nafar bemorga yordam ko‘rsatdi, bu odatdagi kunlardagidan ancha ko‘pdir. Ulardan 31 kishi suvsizlikdan jabrlangan, 196 nafari hushdan ketgan, 212 nafariga holdan toyish tashxisi qo‘yilgan, uch nafarini quyosh urgan”, — deyiladi tez yordam ma’lumotida.
Eng issiq harorat mamlakatning janubida — Eylat kurort shahrida va Arava cho‘lida qayd etilgan. U yerda kuni kecha, 15-may kuni havo harorati 46 darajagacha ko‘tarilgan.
Izoh (0)