• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Bu bolakay bizlardan ancha kuchli, har birimizdan yaxshiroq. U haqiqiy qahramon”. Oyoq va qo‘llarsiz futbol o‘ynaydigan 8 yoshli bolakay haqida

    Joriy yilning 8-may kuni Angliya chempionatining 37-turida “Tottenhem” jamoasi o‘ziga tegishli “Uayt Xart Leyn” stadionida “Sautgempton” futbolchilarini qabul qilib, 1:2 hisobida yengildi. London klubi safida Son Xyon Min hisobni ochgan bo‘lsa, “avliyolar” a’zosi Stiven Devis dubl bilan javob qaytardi. “Tottenhem” so‘nggi tur oldidan ikkinchi o‘rinni egallagan holda ikki ochkolik farq bilan “Arsenal”ni ortda qoldiratyogan edi.

    • APL. “Arsenal” mavsumni kumush medallar bilan yakunladi

    Ammo bularning barchasi ahamiyatga ega emas. Umuman, mutlaqo muhim emas. “Chempionat” nashri mazkur uchrashuvning tanaffus vaqtida ro‘y bergan muhim hodisa haqida hikoya qilib berdi.

    Foto: Mirror

    Foto: Mirror

    8-may kuni “Uayt Xart Leyn” stadionida yuz bergan eng muhim voqea tanaffus vaqtida sodir bo‘ldi. 8 yoshli Marshall Jenson “Tottenhem”ning zaxira o‘yinchilari bilan futbol o‘ynadi. Bolakayning na oyoqlari va na qo‘llari bor.

    Shunga qaramay, u futbol o‘ynashni yoqtiradi. Marshall atigi bir yasharligida meningit xastaligi tufayli uning ikkala qo‘li va oyoqlari amputatsiya qilingan edi. Ammo bolakay va uning ota-onasi taslim bo‘lmadi. “Marshall uni baxtsiz va mahkum deb hisoblashlarini yomon ko‘radi. U juda baxtli bola! Ha, uning tanasi boshqalarnikiga o‘xshash emas. Lekin u hayotdan zavq olishni biladi”, – deydi bolakayning 36 yoshli onasi Stefani.

    Foto: Daily Star

    Foto: Daily Star

    Bolakay 2012-yilning mart oyidan boshlab Angliyada shuhrat qozona boshladi. Aynan o‘sha yili uning oilasi Facebook’da Handstand The Appeal For Marshall Janson guruhini yaratdi. Unda Marshallning mashhur insonlar bilan uchrashuvi va turli shoulardagi ishtirokidan fotosuratlari joylanishi bilan birgalikda, eng asosiysi, uning davolanishi uchun mablag‘ yig‘iladi. Bolakayning baxtiga uning miyasi jarohatlanmagan. Ammo Jensonga har yili, u 18 yoshga to‘lguniga qadar yangi qo‘l va oyoq protezlari kerak bo‘ladi. Bu g‘alati eshitilishi mumkin, biroq bu haqiqat. Buning uchun har yili 50–60 ming funt sterling zarur.

    Foto: Daily Star

    Foto: Daily Star

    Marshallning da’volanishi uchun pulni doim izlashadi va bu jarayon muvaffaqiyatli bo‘ladi. Jensonga oddiy va “g‘ayrioddiy” insonlar yordam qo‘lini cho‘zadi. Masalan, 2 yil avval amerikalik qoidasiz janglar kurashchisi, aktyor, tadbirkor Xalk Xogan bolakayning davolanishi uchun 500 ming dollar hadya qildi.

    Foto: Facebook / Hulk Hogan's reinstatement to WWE

    Foto: Facebook / Hulk Hogan's reinstatement to WWE

    Mana to‘rt yildirki butun Buyuk Britaniya Marshallning jon saqlab yurishini kuzatmoqda – aniqrog‘i, uning doimo futbol o‘ynab, to‘laqonli hayot kechirayotganini. Bir vaqtlar Jensonlar oilasiga yaqin insonlardan biri Marshallning “Tottenhem” futbolkasida futbol o‘ynab gol urgan va chiroyli raqs bilan nishonlagan vaziyatini videoga olib, uni ijtimoiy tarmoqqa joyladi.

    Bir necha oy o‘tib, “shporlar” Marshallning orzusini ro‘yobga chiqardi – u “Uayt Xart Leyn” stadioniga qadam bosdi. Shunchaki emas, balki sevimli jamoasi bo‘lgan “Tottenhem” futbolchilari Naser Shadli, Tom Kerroll va boshqalar bilan chigalyozdi mashqlarini o‘tkazdi.

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Bolakay haqiqiy superyulduz sifatida kutib olindi. Avvaliga Jenson maydon chetida intervyu berdi.

    — Marshall, bu yerda sening hamma do‘stlaring yig‘ilgan. 36 ming muxlis seni qo‘llab-quvvatlayapti, o‘zingni qanday his qilyapsan?

    – Awesome! (Ajoyib! – “Daryo” tarjimasi) – bolakayning javobi stadion muxlislarining olqishlari ichiga sho‘ng‘ib ketdi.

    Kadr: Spurs TV

    Kadr: Spurs TV

    Jensonni maydonga Musa Dembele olib chiqdi. “Rostini aytganda, qiyinchilik bilan ko‘z yoshlarimni ushlab turgandim. Bunday insonlarni ko‘rganingda, sening xaraktering bir tiyinga qimmat ekanini tushunib yetasan. Chunki bu bolakay bizlardan ancha kuchli, har birimizdan yaxshiroq. U haqiqiy qahramon!”, – dedi bolakayning hayotidan ta’sirlangan belgiyalik yarim himoyachi.

    Foto: Twitter / @SpursOfficial

    Foto: Twitter / @SpursOfficial

    Marshallning har bir harakatini maydon suxandoni sharhlab bordi. “Devisga aniq uzatma! Qanday texnika, qanday to‘p nazorati! Marshallning ideal pasiga nazar tashlang! Fantastika, shunchaki fantastika”, – mana shu ovozlar ostida futbol mahoratini ko‘rsatdi bolakay.

    Foto: Mirror

    Foto: Mirror

    “Men kuchli hayajonda edim. Bilasizmi, Angliya Premyer-ligasi uchun yasalgan to‘plar katta, og‘ir... Lekin,  o‘z ishimni uddalay oldim, deb o‘ylayman”, – dedi Marshall.

    “Uayt Xart Leyn” stadionida o‘tkazilgan bir necha ajoyib soatlar ichida Jenson nafaqat to‘p bilan o‘ynadi, balki bir nechta foydali ishlarni ham amalga oshirdi. “Men shuncha dastxatlar oldimki... Ba’zi futbolchilar protezlarimga o‘z imzosini tushirdi! Ha aytgandek, birinchi bo‘lib oldimga Maurisio Pochettino (“Tottenhem” bosh murabbiyi – “Daryo” izohi) keldi. U meni quchoqlab, o‘pib qo‘ydi. Men esa, nihoyat, uning familiyasini to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganib oldim!”, – dedi Marshall.

    Foto: “Tottenhem” FK rasmiy sayti

    Foto: “Tottenhem” FK rasmiy sayti

    Marshall uchun hayotidagi eng yaxshi kunni tashkil qilib bergan “Tottenhem” klubi bu bilan to‘xtab qolmadi. Bolakay jamoa bazasiga taklif qilindi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    U o‘zining singlisi Leksi va yana ikkita bolakay bilan sevimli jamoasining mashg‘ulotini kuzatibgina qolmay, bevosita o‘zi ham unda ishtirok etdi. Marshall birin-ketin gollar kirita boshladi, uning driblinglariga na Yan Vertongen va na Tobi Alderveyreld qarshilik ko‘rsata oldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Bu bolakaydan to‘pni olishning imkoni yo‘q! U Eden Azar (“Chelsi” yarim himoyachisi – “Daryo” izohi)dan mahoratliroq!”, – deb ma’lum qildi “hayotidagi eng qiyin mashg‘ulotlardan birini” o‘tkazgan Vertongen.

    16.05.2016, 18:52   Izoh (0)   55638
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Qo‘riqchilardan qochib, Krishtianu Ronalduga otilgan bolakay

    16.05.2016, 18:34

    Mutko dopingda qo‘lga tushgan rossiyalik sportchilar uchun uzr so‘radi

    15.05.2016, 21:33

    So‘rovnoma: Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatida qaysi jamoa g‘olib chiqadi?

    14.05.2016, 15:13

    Ronaldu ketma-ket uchinchi marta Forbes jurnali versiyasiga ko‘ra dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi

    12.05.2016, 08:31

    Putin Tungi xokkey ligasi matchida muzga tushdi

    11.05.2016, 08:26

    Ronaldu: Odamlar mening tez tiklanishimni unutib qo‘yishdi

    05.05.2016, 02:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron TIV rahbari Yevropa bilan muzokaralarni behuda deb atadi

    Dunyo | 3 iyul, 20:20

    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

    Reklama | 3 iyul, 19:30

    Toshkentdagi Ohangaron shohko‘chasi yana bir haftaga yopiladi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 20:10

    Dam olmaslik, o‘zingizni boshqalar bilan solishtirish: ishdan ko‘nglingizni sovitadigan zararli odatlar

    Maslahatlar | 3 iyul, 20:03

    Buyuk Britaniyada 17 ta kompaniya 4 kunlik ish haftasiga o‘tdi

    Dunyo | 3 iyul, 20:00

    O‘zbekistonda bir oyda energiyadan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga yetkazilgan zarar ochiqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 19:50

    “Vatandoshlar” jamoat fondining “Anor” loyihasi uchun xorijdan kelgan o‘zbek farzandlariga bayram konserti tashkil qilindi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 18:00

    Norvegiya radiatsiya va yadro xavfsizligi strategiyasini taqdim etdi

    Dunyo | 3 iyul, 19:30

    Janubiy Koreya prezidenti KXDR bilan munosabatlarni yaxshilashni qo‘llab-quvvatlamoqda

    Dunyo | 3 iyul, 19:18

    Hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq holat sabab “Neftchi” xodimlarining ishi O‘FA qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi

    Sport | 3 iyul, 19:07

    Tramp Afrikaga “juda katta tijorat imkoniyatlari”ni taklif etmoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 19:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.