Bir guruh ko‘ngillilar poytaxtning Nurafshon—Sebzor chorrahasi yaqinidagi chuqurlikni o‘z tashabbusi bilan tekisladi. Bu haqda Uz24 xabar beradi.
Ushbu holatga guvoh bo‘lgan internet foydalanuvchisining xabar berishicha, ko‘ngillilardan biri sement, qum olib kelib ishni boshlagan. Qolganlar esa o‘z xohishi bilan yordamga kelgan.
Qayd etilishicha, ushbu chuqurlik bir oydan buyon shahar haydovchilarini qiynab kelgan.
Izoh (0)