O‘zbekistonlik 21 yoshli Sabina Sharipova Tunisning La-Marsa shahrida davom etayotgan turnirning yakkalik bahslaridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekiston vakilasi mukofot jamg‘armasi 25 ming dollardan iborat ITF turkumidagi tennis turnirida oltinchi raqam ostida harakat qilyapti.
Sharipova yakkalik bahslarining ilk davrasida rossiyalik Mariya Marfutinaga qarshi kortga chiqdi va 5:7, 6:3, 6:3 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Ikkinchi davrada o‘zbekistonlik tennischi avstriyalik Juliya Graberga qarshi bahs yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik Viktoriya Kan bilan tandem hosil qilgan Sabina Sharipova juftliklar bahsi ilk davrasida Darya Chernetsova (Belarus) hamda Dea Xerdzelas (Bosniya va Gersegovina) duetini 6:0, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi. Chorak finalda Sharipova/Kan tandemi braziliyalik Laura Pigossi hamda chililik Daniela Seguel juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)