“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Espanyol”ga qarshi (5:0) Ispaniya chempionati 37-turida jarima zarbasidan gol kiritib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kataloniyaliklar sobiq himoyachisi Ronald Kumanga tenglashib oldi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Messi “Barselona” safida amalga oshirilgan jarima zarbalaridan 23 tasini golga aylantirgan. Klubning gollandiyalik sobiq himoyachisi Ronald Kuman ham jarima zarbalaridan xuddi shuncha gol kiritgan.
E’tiborlisi shundaki, argentinalik futbolchi 2008/09-yilgi mavsumga qadar jarima zarbalarini amalga oshirmagan, chunki “Barselona” tarkibida Ronaldinyo va Xavi singari futbolchilar to‘p surgan.
Izoh (0)