Yaponiyaning Takata firmasi xavfsizlik yostiqlaridagi nosozlik tufayli chaqirib olinadigan avtomobillar soni 100 milliondan oshishi mumkin. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Bunga AQSh transport hukumatining ochilishi uchun nitrat ammoniy kimyoviy birikmasi qo‘llanuvchi xavfsizlik yostiqlari mavjud barcha avtomobillarni chaqirib olishni talab qiluvchi qarori sabab bo‘lishi mumkin.
Hozirgi paytda yostiqlardagi muammo tufayli jami 60 millionga yaqin avtomobil chaqirib olingan. Chaqirib olish dasturi kengaytirilgan taqdirda ushbu harakatlar uchun xarajatlar bir trillion iyenni (9,3 milliard dollar atrofida) tashkil etishi mumkin.
Izoh (0)