Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda joriy yil may—iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga Navoiy viloyatida ham puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Viloyatda 343 nafar fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 3 ming 700 dan ortiq maslahatchisi saylanadi, deya xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi

Foto: O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi

— Viloyat markazida 30 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, saylovlarda 30 rais va ularning 277 maslahatchisi saylanishi lozim, — deydi Navoiy shahar fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Ahror Pirnazarov. — Komissiya a’zolarining har biriga ikkitadan mahalla biriktirilgan, mas’ullar hududlardagi ishchi guruhlarga saylovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha zarur tushuncha hamda huquqiy ko‘mak bermoqda.

Navoiy shahridagi “Vatan” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan ishchi guruhi barcha zarur huquqiy hujjatlar, ovoz berish jihozlari bilan ta’minlangan.

— Hududimizda 8 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ishchi guruhimiz a’zolari bilan belgilangan hududlarda uchrashuv va suhbatlar o‘tkazdik, — deydi ushbu mahalla fuqarolar yig‘ini ishchi guruhi raisi Gulnora Adjimambetova. — Mahalladagi ko‘p qavatli uylardan 87 vakil saylab olindi. Mahalladoshlarimiz orasida alohida obro‘-e’tiborga loyiq, hayotiy tajribaga ega 3 nafar fuqaro raislikka nomzod etib ko‘rsatildi. Maslahatchi nomzodlari ro‘yxati ham shakllantirildi.

Viloyatda saylovlarni yuksak saviyada tashkil etish va o‘tkazish, muqobillik asosida nomzodlar ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahalla ahli o‘zi ishongan, tashabbuskor nomzodni saylashi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi